Yerro: \"Yamal allaqachon o‘z avlodining eng yaxshi besh futbolchisidan biri\"
17 yoshli Lamin Yamal so‘nggi ikki mavsumdagi yorqin o‘yini bilan nafaqat muxlislar, balki futbol afsonalari va mutaxassislarining ham e'tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Foto: Getty Images
Ispaniya futboli afsonalaridan biri Fernando Yerro "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal haqida iliq fikrlar bildirdi.
"Menimcha, Lamin Yamal allaqachon o‘z avlodining eng yaxshi besh futbolchisidan biri. Endi uning oldidagi navbatdagi vazifa — bu darajani uzoq yillar davomida saqlab qolish."
Yerroning ta'kidlashicha, Yamal yosh bo‘lishiga qaramay, eng yuqori saviyada barqaror o‘yin namoyish etmoqda va kelajakda jahon futbolining eng katta yulduzlaridan biriga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.