Yergensen «Strasburg»ga o'tmoqda
'Strasburg' va 'Chelsi' darvozaboni Filip Yergensenning transferi bo'yicha kelishuvni to'liq yakunladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, avval tarqalgan xabarlarga qaramay, 'Koventri Siti' 24 yoshli daniyalik posbon uchun rasmiy taklif bilan chiqmagan. Tez orada Yergensen 'Strasburg' bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Filip Yergensen 2024 yilning iyul oyidan beri 'Chelsi' safida to'p surib kelayotgan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol o'tkazib yubordi hamda bir o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Yergensenning transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.