locale OZ

Yengil atletika. Elvira Shinnibekova \"Yil ayoli\" sovrini bilan taqdirlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yengil atletika. Elvira Shinnibekova "Yil ayoli" sovrini bilan taqdirlandi
PHOTO: Telegram

27-may kuni Koreya Respublikasining Gumi shahrida boshlanadigan Osiyo yengil atletika chempionati arafasida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur marosimda O‘zbekistonda yengil atletika rivojiga qo‘shgan samarali hissasi, yuksak professionalligi va fidokorona mehnati uchun O‘zbekiston Yengil Atletika Federatsiyasining hududlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Elvira Shinnibekova “Yil ayoli” nominatsiyasi boʻyicha taqdirlandi.

Mukofotni Elvira Shinnibekovaga Osiyo Yengil atletika assosiatsiyasi prezidenti Daxlan Al-Xamada topshirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting