YeChL. «Sporting» «PSJ»ni taslim qildi
Lissabonliklar safida Suares dublga erishdi.
ФОТО: Getty images
"PSJ" Chempionlar Ligasi musobaqasining umumiy bosqichi 7-turida Lissabonning "Sporting" klubiga qarshi safarda bahs olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Lissabonliklar safida Luis Suares dubl qayd etdi. Mehmonlarning yagona goli Xvicha Kvaratsxeliya hisobiga yozildi.
NATIJADA "Sporting" 13 ochko bilan YeChL umumiy bosqich jadvalida oltinchi o‘ringa ko‘tarildi. "PSJ" esa 13 ochkoga ega bo‘lsa-da, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha lissabonliklardan ortda qolib, beshinchi o‘rinda bormoqda.
YeChL. 7-tur
Sporting - PSJ - 2:1
Gollar: Suares, 74 (1:0). Kvaratsxeliya, 79 (1:1). Suares, 90 (2:1)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist