locale OZ

YeChL. «Real» «Marsel»dan ustun keldi, Mbappedan dubl

Karvaxal qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YeChL. «Real» «Marsel»dan ustun keldi, Mbappedan dubl
ФОТО: Getty images

"Real" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 1-turida "Marsel"ni mag‘lub etdi – 2:1.

Uchrashuvda hisobni mehmonlar ochdi – 22-daqiqada Meyson Grinvudning pasidan so‘ng Timoti Vea gol urdi. Mezbonlar 7 daqiqadan so‘ng javob golini kiritishdi – penaltini Kilian Mbappe aniq amalga oshirdi. O‘yin tugashiga 9 daqiqa qolganida fransiyalik hujumchi penaltidan ikkinchi golni urdi.

Avvalroq, 72-daqiqada madridliklar himoyachisi Dani Karvaxal qizil kartochka olgandi.

Chempionlar ligasining navbatdagi turida Xabi Alonso jamoasi 30 sentyabr kuni "Qayrat" mehmoni bo‘ladi. "Marsel" shu kuni "Ayaks"ni qabul qiladi.

Real – Marsel – 2:1
16 sentyabr, 23:59, “Santyago Bernabeu”
Gollar: Vea, 22 (0:1). Mbappe, 29 – penaltidan (1:1). Mbappe, 81 – penaltidan (2:1)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting