YeChL. «Nyukasl» PSVni yirik hisobda mag'lub etdi
“Qarg'alar” ochkolarini 13 taga yetkazib, 7-o'ringa ko'tarilib oldi.
ФОТО: Getty images
"Nyukasl" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 7-turidan o‘rin olgan PSVga qarshi o‘ynab, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Qarg'alar” safida Vissa, Gordon va Barns gollarga mualliflik qildi.
Natiajada "Nyukasl" ochkolarini 13 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. PSV esa 8 ochko bilan 22-pog‘onaga tushib ketdi.
YeChL. 7-tur.
Nyukasl — PSV 3:0
Gollar: Vissa (8), Gordon (30), Barns (65).
Nyukasl — Poup, Trippyer (Uillok, 87), Tiav, Botmann, Holl, Gimaraes (Mayli, 45+3), Tonali, Jhoelinton (Remzi, 72), Barns, Gordon (Elanga, 72), Vissa (Voltemade, 72).
PSV — Kovar, Sildiyya, Shuten, Gasiorovski, Saloh-Eddin (Obispo, 45), Vanner, Junior, Verman, Man (Bayraktarevich, 62), Perishich (Driukh, 62), Til (Flamingo, 73).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist