YeChL. «Liverpul» safarda «Galatasaroy»ga yutqazib qo'ydi
Arne Slot shogirdlari ketma-ket ikki o'yinda mag'lub bo'ldi.
ФОТО: Getty images
UEFA Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan bir qator muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Turnirning kutilmagan natijasi Turkiyada qayd etildi.
“Galatasaroy” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona golni Viktor Osimhen 16-daqiqada penaltidan kiritdi.
YeChL. 2-tur
"Galatasaroy" — "Liverpul" 1:0
Gol: Osimhen (pen. 16).
Galatasaroy — Chaqir, Singo, Sanches, Bardakchi, Jeykobs, Lemina, Torreyra, Gundo‘g‘an (Sara, 75), Akgun (Sallay, 72), Yilmaz (Elmali, 85), Osimhen (Ikardi, 72).
Liverpul — Alisson (Mamardashvili, 56), Frimpong (Bredli, 62), Konate, van Deyk, Kerkes, Gravenberx (Isak, 62), Soboslai, Jons, Virtz, Gakpo (Saloҳ, 62), Ekitike (Makallister, 68).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist