locale OZ

YeCHL. «Galatasaroy» Istanbulda «Yuventus»ni tor-mor keltirdi

O‘yinda jami 7 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YeCHL. «Galatasaroy» Istanbulda «Yuventus»ni tor-mor keltirdi
ФОТО: Getty images

Cempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi pley-off bosqichi doirasidagi “Galatasaroy” va “Yuventus” jamoalari o‘rtasidagi ilk uchrashuv yakunlandi. Bahs 5:2 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinning 15-daqiqasida turk klubi yarim himoyachisi Gabriel Sara hisobni ochdi. 17-daqiqada Turin klubi a’zosi Tyun Kopmeynars muvozanatni tikladi. 32-daqiqada Kopmeynars dublni rasmiylashtirib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Istanbul klubi vingeri Noa Lang hisobni tenglashtirdi. 60-daqiqada himoyachi Davinson Sanches “Galatasaroy”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 75-daqiqada Lang ham o‘z hisobiga ikkinchi golni yozdirib qo‘ydi. Uchrashuv yakunida mezbonlar himoyachisi Sasha Boe yakuniy hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

“Galatasaroy” va “Yuventus” o‘rtasidagi javob o‘yini 25 fevral kuni Turinidagi “Al’yans” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Galatasaroy - Yuventus - 5:2

Gollar: Sara, 15 (1:0). Kopmeynars, 16 (1:1). Kopmeynars, 32 (1:2). Lang, 49 (2:2). Sanches, 60 (3:2). Lang, 75 (4:2). Boe, 86 (5:2).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting