YeChL. «Chelsi» avtogol evaziga «Benfika»dan ustun keldi
Yevropa Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
"Chelsi" o‘z maydonida "Benfika"ni qabul qildi. O‘yin 1:0 hisobida "aristokratlar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yagona gol 18-daqiqada Rios tomonidan o‘z darvozasiga kiritildi.
Natijada Enso Mareska shogirdlari turnirdagi ilk uch ochkoga ega bo‘lishdi.
"Chelsi" — "Benfika" 1:0
Gol: Rios (18, avtogol)
Chelsi — Sanches, Gusto (Jeyms, 81), Chaloba, Kukurelya, Badiashile (Achimpong, 81), Kaysedo, Enso, Neto, Buonanotte Esteveo, (54), Garnacho (Gittens, 61), Jorge (Pedro, 61).
Benfika — Trubin, Antonio (Araujo, 73), Barranechea, Aursnes (Araujo, 90), Sudakov (Ivanovich, 77), Lukebakio (Shjelderup, 77), Pavlidis, Dedich, Rios (Barreiro, 77), Dal, Otamendi.