locale OZ

YeChL. «Barselona» Kundening dubli evaziga «Ayntraxt» ustidan g‘alaba qozondi

"Barselona" ochkolarini 10 taga yetkazib, turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YeChL. «Barselona» Kundening dubli evaziga «Ayntraxt» ustidan g‘alaba qozondi
ФОТО: Getty images

"Barselona" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Ayntraxt"ga qarshi bahsda g‘alaba qozondi – 2:1.

Uchrashuvning 10-daqiqasida VAR kataloniyaliklar hujumchisi Robert Levandovskining golini bekor qildi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida nemislar hisobda oldinga chiqib olishdi – Knauff gol urdi. Tanaffusdan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" himoyachisi Jyul Kunde 3 daqiqa ichida ikkita gol urib, mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

Shunday qilib, "Barselona" ochkolarini 10 taga yetkazib, turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. "Ayntraxt" esa 4 ochko bilan 30-pog‘onada bormoqda.

YeChL. 6-tur

Barselona – Ayntraxt – 2:1

Gollar: Knauff, 21 (0:1). Kunde, 50 (1:1). Kunde, 53 (2:1)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting