locale OZ

YChLni muddatidan avval tark etgan ikki klub nomi maʼlum boʻldi

Shuningdek, «Arsenal» muddatidan avval 1/8 finalga chiqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChLni muddatidan avval tark etgan ikki klub nomi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Seshanba, 20 yanvar kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlardan so‘ng musobaqani muddatidan avval tark etgan dastlabki ikki jamoa ma’lum bo‘ldi.

Turnir bilan xayrlashgan klublar — Olmaotaning «Qayrat» hamda Ispaniyaning «Vilyarreal» jamoasi bo‘ldi. Ular mos ravishda «Bryugge» va «Ayaks»ga mag‘lubiyatga uchradi.

Har ikkala jamoa ham yetti turdan so‘ng atigi bir ochko jamg‘argan. Pley-offning 1/16 finalida ishtirok etish huquqini beradigan so‘nggi — 24-o‘rinda hozircha «Kopengagen» joylashgan bo‘lib, uning hisobida yakuniy tur oldidan 8 ochko mavjud.

Qolgan barcha klublar esa umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra top-24 talikka kirish uchun nazariy imkoniyatlarni saqlab qolmoqda.

Shuningdek, seshanba kuni Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘l olgan ilk jamoa ham aniqlandi. U Londonning «Arsenal» klubi bo‘lib, Mikel Arteta shogirdlari 7 o‘yinda 7 g‘alaba qayd etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting