YChL. «Yuventus» oʻz maydonida «Pafos»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi
Turin shahridagi «Allianz» stadionida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-tur bahsi bo‘lib o‘tdi. «Yuventus» va «Pafos» o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning birinchi goli 67-daqiqada qayd etildi — «Yuventus» yarimhimoyachisi Ueston Makkenni hisobni ochdi. Oradan atigi olti daqiqa o‘tib, hujumchi Jonatan Devid to‘pni darvozaga joylab, turinliklarning ustunligini mustahkamladi.
Mazkur natijadan so‘ng «Yuventus» 9 ochko bilan umumiy jadvalda 17-o‘ringa ko‘tarildi. «Pafos» esa 6 ochko jamg‘argan holda 26-pog‘onada bormoqda.
Keyingi turda «Yuventus» 21 yanvar kuni o‘z maydonida «Benfika»ni qabul qiladi. «Pafos» esa xuddi shu kuni safarda «Chelsi»ga qarshi bahs olib boradi.
YChL. 6-tur
«Yuventus» — «Pafos» 2:0
Gollar: Makkenni (67), Devid (73).