locale OZ

YChL. Yarimfinal yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan dastlabki ikki jamoa nomi maʼlum boʻldi

Qolgan ishtirokchilar nomi ertaga aniqlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. Yarimfinal yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan dastlabki ikki jamoa nomi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Seshanba, 14 aprel kuni UEFA Chempionlar Ligasining yarimfinalida ishtirok etadigan dastlabki ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Bular — Fransiyaning «PSJ» va Ispaniyaning «Atletiko Madrid» klublaridir.

Parijliklar chorak final javob uchrashuvida «Liverpul» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bir hafta oldin bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda ham Yevropaning amaldagi chempionlari xuddi shunday hisobda (2:0) zafar quchishgan edi.

«Matraschilar» esa javob bahsida «Barselona»ga imkoniyatni boy berishganiga qaramay (1:2), dastlabki uchrashuvdagi ishonchli g‘alaba (2:0) evaziga keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Yarimfinalda «Atletiko» jamoasi «Arsenal» — «Sporting» juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi (ushbu jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda «kanonirlar» 1:0 hisobida ustun kelgan). «PSJ» esa final yo‘llanmasi uchun «Real Madrid» yoki «Bavariya»ga qarshi bahs olib boradi (bu juftlikning ilk uchrashuvida myunxenliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting