locale OZ

YChL. Turinda «Yuventus» va «Borussiya D» jangovar durang qayd etdi

Uchrashuvda jami 8 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. Turinda «Yuventus» va «Borussiya D» jangovar durang qayd etdi
ФОТО: Getty images

"Yuventus" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 1-turidan o‘rin olgan bahsda "Borussiya D" bilan durang o‘ynadi - 4:4.

Mezbonlar safida Dushan Vlahovich 2 ta gol urgan bo‘lsa, Kenan Yildiz va Llojd Kelli bittadan gol urdi. Mehmonlar safida Karim Adeyemi, Feliks Nmecha, Yan Koutu va Rami Bensebaini o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

86-daqiqada "Yuventus" 2:4 hisobida imkoniyatni boy berayotgan bo‘lsa-da, 90+4-daqiqada Dushan Vlahovich va 90+6-daqiqada Llojd Kellining gollari turinliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Yuventus - Borussiya Dortmund 4:4
Gollar: Adeyemi, 52 (0:1). Kenan Yildiz, 63 (1:1). Nmecha, 65 (1:2). Vlahovich, 67 (2:2). Koutu, 74 (2:3). Bensebaini, 86 - penaltidan (2:4). Vlahovich, 90 (3:4). Kelli, 90 (4:4).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting