YChL. «Tottenhem» — «Atletiko». Asosiy tarkiblar maʼlum
Bugun, 18 mart kuni UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida Angliyaning «Tottenhem» hamda Madridning «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Jamoalar quyidagi tarkiblarda maydonga tushadi:
«Tottenhem»: Vikario, Porro, Romero, Dregushin, van de Ven, Spens, Simons, Sarr, Grey, Tel, Kolo Muani.
«Atletiko»: Musso, Rudjeri, Gansko, Le Norman, Molina, Lukman, Kardozo, Lyorente, Simeone, Grizmann, Alvares.
Mazkur jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda Madrid klubi 5:2 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, «matraschilar» pley-offning o‘tish bosqichida «Bryugge»ni (umumiy hisob 7:4) mag‘lub etgan bo‘lsa, «shporlar» umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra 17 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘llanma olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumdagi Chempionlar ligasining final bahsi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.