locale OZ

YChL. «Real» safarda «Man Siti»ni magʻlub etib, chorak finalga yoʻllanma oldi

Abduqodir Husanov toʻliq maydonda harakat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «Real» safarda «Man Siti»ni magʻlub etib, chorak finalga yoʻllanma oldi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida Angliyaning «Manchester Siti» hamda Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi yakunlandi. «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida mezbonlar sardori Bernardu Silva o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Vinisius Junior penaltini aniq amalga oshirib, madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, «shaharliklar» 42-daqiqada muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi, gol muallifi — Erling Holand. Biroq uchrashuvning so‘nggi soniyalarida (90+3) Vinisius dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Eslatib o‘tamiz, Madriddagi dastlabki bahsda «Real» 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (5:1) «qirollik klubi» chorak finalga yo‘l oldi. Madridliklar pley-off bosqichida Portugaliyaning «Benfika» jamoasini umumiy 3:1 hisobida mag‘lub etishgan edi. «Manchester Siti» esa musobaqaning umumiy bosqichida 16 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallagan.

Joriy mavsumning final uchrashuvi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting