locale OZ

YChL. «PSJ» «Liverpul»ni turnirdan chiqarib yubordi

Parijliklar ikki oʻyin natijasiga koʻra mersisaydliklarni 4:0 (2:0, 2:0) hisobida magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «PSJ» «Liverpul»ni turnirdan chiqarib yubordi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvi doirasida Angliyaning «Liverpul» hamda Fransiyaning «PSJ» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida o‘tgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yinni Mauritsio Mariani boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Uchrashuvning 73-daqiqasida parijliklar hujumchisi Usmon Dembele hisobni ochgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda (90+1-daqiqa) u dublini rasmiylashtirdi.

Dastlabki o‘yinda ham «PSJ» 2:0 hisobida zafar quchgan edi. Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (umumiy hisob — 4:0) Fransiya grandi mersisaydliklarni musobaqadan chiqarib yubordi va yarimfinalga yo‘llanma oldi. Endi Parij klubi final yo‘lida «Real Madrid» — «Bavariya» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, 1/8 final bosqichida «PSJ» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Chelsi»ni 8:2 hisobida taslim etgan edi. «Qizillar» esa xuddi shu bosqichda «Galatasaroy»dan ustun kelishgan edi (umumiy hisob — 4:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting