locale OZ

YChL. «PSJ» ikki oʻyin natijasiga koʻra «Chelsi»ni 8:2 hisobida magʻlub etib, chorak finalga chiqdi

Chempionlar Ligasining 1/8 final javob uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «PSJ» ikki oʻyin natijasiga koʻra «Chelsi»ni 8:2 hisobida magʻlub etib, chorak finalga chiqdi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasidagi Londonning «Chelsi» hamda Fransiyaning «PSJ» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi yakuniga yetdi. «Stemford Bridj» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 3:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv boshida mehmonlar hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya hisobni ochgan bo‘lsa, 15-daqiqada parijliklar vingeri Bredli Barkolya oradagi farqni oshirdi. 62-daqiqaga kelib esa Senni Mayulu uchinchi golni urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Shu tariqa, Luis Enrike shogirdlari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 8:2 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Parijliklar pley-off bosqichida «Monako»ni umumiy 5:4 hisobida mag‘lub etishgan edi. «Chelsi» esa musobaqaning umumiy bosqichida 16 ochko jamg‘arib, oltinchi o‘rinni egallagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting