locale OZ

YChL. Pley-off bosqichiga yoʻllanma olgan 15 jamoa nomi maʼlum boʻldi

Avvalroq 4 ta klub muddatidan avval turnir bilan xayrlashgani xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. Pley-off bosqichiga yoʻllanma olgan 15 jamoa nomi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichning 7-turi yakunlandi. Ushbu tur natijalariga ko‘ra, 15 ta klub musobaqaning top-24 taligidan joy olib, pley-off bosqichiga chiqishni muddatidan avval kafolatlab oldi.

Pley-off yo‘llanmasini rasmiylashtirgan jamoalar quyidagilar: «Arsenal», «Bavariya», «Real», «Liverpul», «Tottenhem», «PSJ», «Nyukasl», «Chelsi», «Barselona», «Sporting», «Manchester Siti», «Atletiko», «Atalanta», «Inter» va «Yuventus».

Shu bilan birga, «Arsenal» va «Bavariya» allaqachon 1/8 final yo‘llanmasini ham ta’minlab bo‘ldi. Londonliklar umumiy jadvalda ikkinchi o‘rindan pastga tushmaydi, myunxenliklar esa kamida to‘rtinchi pog‘onada qoladi.

Umumiy bosqichning 8-tur — hal qiluvchi uchrashuvlari 28 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Barcha o‘yinlar bir vaqtda start oladi — Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting