locale OZ

YChL. Pley-off bosqichiga muddatidan avval yoʻllanma olgan besh jamoa nomi maʼlum boʻldi

Ushbu klublar endilikda 25-o‘rindan pastga tushib ketmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. Pley-off bosqichiga muddatidan avval yoʻllanma olgan besh jamoa nomi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining dastlabki olti turi ortda qoldi va shu natijalar asosida besh jamoa pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.

«Arsenal», «Bavariya», «PSJ», «Manchester Siti» va «Atalanta» endilikda 25-o‘rindan pastga tushmaydi va shu bilan pley-off bosqichi yo‘llanmasini kafolatladi.

Reglamentga ko‘ra, umumiy bosqichda eng yaxshi sakkizta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi. 9–24-o‘rinlarni egallagan klublar esa o‘zaro pley-off bosqichida to‘qnash keladi va undagi g‘oliblar ham 1/8 final ishtirokchisiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Chempionlar ligasi finali 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Puskash Arena»da bo‘lib o‘tadi. Amaldagi chempion — «PSJ». Parijliklar o‘tgan yilgi finalda «Inter»ni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting