YChL. Nimchorak finalning barcha ishtirokchilari maʼlum boʻldi
UEFA Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumida pley-off bosqichi yakunlanib, nimchorak finalning barcha ishtirokchilari aniqlandi. So‘nggi hal qiluvchi bahslarda zafar quchgan «Nyukasl», «Atletiko», «Budyo-Glimt», «Bayer», «PSJ», «Galatasaroy», «Real» Madrid va «Atalanta» jamoalari 1/8 final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, turnirning umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra «Barselona», «Chelsi», «Liverpul», «Tottenhem», «Sporting», «Manchester Siti», «Arsenal» va «Bavariya» to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘l olgan edi. Ushbu sakkiz jamoa qur’a tashlash marosimida «saralanganlar» savatchasidan joy oladi.
1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 27 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yinlar 10-11 va 17-18 mart kunlariga belgilangan. Mavsumning orziqib kutilayotgan final bahsi esa 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida o‘tkaziladi.