YChL. Nimchorak finalga yoʻl olgan 16 jamoadan 12 tasi maʼlum boʻldi
Seshanba, 24 fevral oqshomida futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘l olgan yana to‘rt klub nomi aniq bo‘ldi.
Pley-off bosqichining shiddatli javob uchrashuvlaridan so‘ng Angliyaning «Nyukasl», Norvegiyaning «Budyo-Glimt», Ispaniyaning «Atletiko» hamda Germaniyaning «Bayer» jamoalari keyingi bosqich masalasini hal qilishdi. Chorshanba oqshomida qolgan juftliklar bahsidan so‘ng nimchorak finalning barcha 16 ishtirokchisi nomi ma’lum bo‘ladi:
- «Atalanta» — «Borussiya» (birinchi o‘yin — 0:2)
- «PSJ» — «Monako» (3:2)
- «Real» — «Benfika» (1:0)
- «Yuventus» — «Galatasaroy» (2:5)
Eslatib o‘tamiz, umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra «Barselona», «Chelsi», «Liverpul», «Tottenhem», «Sporting», «Manchester Siti», «Arsenal» va «Bavariya» klublari 1/8 final yo‘llanmasini naqd qilib bo‘lishgan.
Yevropaning eng nufuzli turniri nimchorak finaliga qur’a tashlash marosimi juma kuni, 27 fevralda bo‘lib o‘tadi.