YChL. «Man Siti» safarda kambek amalga oshirib, «Real»ni magʻlub etdi
Chempionlar Ligasining 6-tur oʻyinlari davom ettirildi.
FOTO: Getty Images
UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turidan oʻrin olgan bahsda «Real Madrid» va «Manchester Siti» oʻzaro to'qnash keldi va yakunda «shaharliklar» 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab Rodrigo 28-daqiqada madridliklarni oldinga olib chiqdi. 36-daqiqada Niko O'Rayli hisobni tenglashtirdi. 43-daqiqada esa Erling Holand jamoasiga gʻalaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, «Manchester Siti» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 14 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. «Real» esa 12 ochko bilan 7-oʻrinni egallab turibdi.
YChL. 6-tur
«Real» — «Man Siti» 1:2
Gollar: Rodrigo (28) — O'Rayli (36), Holand (43).
Nasrullo Karimov
Jurnalist