YChL. «Liverpul» safarda «Galatasaroy»ga magʻlub boʻldi, «Bavariya» va «Atletiko»da yirik gʻalaba, «Barselona» esa «Nyukasl» maydonida durang oʻynadi
Chempionlar Ligasining 1/8 final uchrashuvlari start oldi.
FOTO: Getty Images
10 mart kuni UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida to‘rtta qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinlarning yakuniy hisoblari quyidagicha ko‘rinish oldi:
Chempionlar Ligasi, 1/8 final (10 mart natijalari):
- «Galatasaroy» — «Liverpul» — 1:0
- «Atalanta» — «Bavariya» — 1:6
- «Atletiko» — «Tottenhem» — 5:2
- «Nyukasl» — «Barselona» — 1:1
Ushbu juftliklarning javob uchrashuvlari 18 mart, chorshanba kuniga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumning hal qiluvchi final uchrashuvi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Ayni damda ushbu nufuzli musobaqaning amaldagi g‘olibi Fransiyaning «PSJ» jamoasi hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist