YChL. «Liverpul» «Galatasaroy» ustidan yirik g‘alabaga erishib, chorak finalga yo‘llanma oldi
UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida Angliyaning «Liverpul» va Turkiyaning «Galatasaroy» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi yakunlandi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur bahs mezbonlarning 4:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Uchrashuv davomida quyidagi natijalar qayd etildi:
- 25-daqiqa: Yarim himoyachi Dominik Soboslai hisobni ochdi.
- 45+4-daqiqa: Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Mohamed Saloh penalti imkoniyatidan foydalana olmadi.
- 51-daqiqa: Hujumchi Ugo Ekitike mezbonlarning ustunligini ikkitaga oshirdi.
- 53-daqiqa: Rayan Gravenberx «Galatasaroy» darvozasiga uchinchi golni kiritdi.
- 62-daqiqa: Muhammad Saloh uchrashuvdagi yakuniy golga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada o‘tgan dastlabki uchrashuvda «Galatasaroy» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:1 hisobida ustun kelgan «Liverpul» musobaqaning chorak final bosqichiga yo‘l oldi.
«Galatasaroy» pley-offning o‘tish bosqichida «Yuventus»ni (umumiy hisob 7:5) musobaqadan chiqarib yuborgan edi. Mersisaydliklar esa umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra 18 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinni egallab, 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edilar.
Joriy mavsumdagi Chempionlar Ligasining final bahsi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.