YChL. «Liverpul» — «Galatasaroy». Asosiy tarkiblar maʼlum
Bugun, 18 mart kuni UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida Angliyaning «Liverpul» hamda Turkiyaning «Galatasaroy» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Jamoalar o‘yinni quyidagi asosiy tarkiblarda boshlaydi:
«Liverpul»: Alisson Beker, van Deyk, Konate, Kerkez, Frimpong, Mak Allister, Gravenberx, Virts, Saloh, Soboslai, Ekitike.
«Galatasaroy»: Chaqir, Singo, Bardakji, Boe, Yakobs, Torreyra, Lemina, Yilmaz, Shallai, Sara, Osimxen.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada o‘tgan dastlabki uchrashuvda «Galatasaroy» 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, kichik ustunlikka ega bo‘lgan edi. Istanbul klubi pley-offning o‘tish bosqichida «Yuventus»ni (umumiy hisob 7:5) musobaqadan chiqarib yuborgan bo‘lsa, mersisaydliklar umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra 18 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘llanma olgan edi.
Joriy mavsumdagi Chempionlar Ligasining g‘olibi 2026-yil 30-may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadigan final bahsida aniqlanadi.