locale OZ

YChL. Husanov yana «Real»ga, «Barselona» esa «Nyukasl»ga qarshi oʻynaydi

Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichiga qurʼa tashlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. Husanov yana «Real»ga, «Barselona» esa «Nyukasl»ga qarshi oʻynaydi
FOTO: Getty Images

Bugun, 27-fevral kuni UEFA Chempionlar Ligasi nimchorak finaliga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

1/8 final juftliklari bilan tanishing:

  • «PSJ» — «Chelsi»
  • «Galatasaroy» — «Liverpul»
  • «Real» — «Man Siti»
  • «Atalanta» — «Bavariya»
  • «Nyukasl» — «Barselona»
  • «Atletiko» — «Tottenhem»
  • «Budyo-Glimt» — «Sporting»
  • «Bayer» — «Arsenal»

Shubhasiz, ushbu bosqichning eng tomoshabob uchrashuvi sifatida «Real» va «Man Siti» oʻrtasidagi bahsni koʻrsatish mumkin. Shuningdek, «Nyukasl» va «Barselona» qarama-qarshiligi ham katta qiziqish uygʻotishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, nimchorak finalning dastlabki uchrashuvlari 10—11-mart kunlari boʻlib oʻtsa, javob oʻyinlari 17—18-mart sanasiga belgilangan. Final bahsi esa 30-may kuniga rejalashtirilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting