locale OZ

YChL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga daʼvogarlar e'lon qilindi

Ushbu nominatsiya boʻyicha toʻrt nafar futbolchi oʻzaro kurash olib boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga daʼvogarlar e'lon qilindi
FOTO: Getty Images

UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-tur oʻyinlari yakunlariga koʻra haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga daʼvogarlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Nominantlar qatoriga quyidagi futbolchilar kiritildi:

• Gorka Guruseta — «Atletik» hujumchisi, «Qorabog‘»ga (3:1) qarshi oʻyinda dubl qayd etdi.

• Dennis Man — «PSV» vingeri, «Napoli»ga (6:2) qarshi oʻyinda dubl qayd etdi.

• Feliks Nmecha — «Borussiya D» yarimhimoyachisi, «Kopengagen»ga (4:2) qarshi oʻyinda dubl qayd etdi.

• Fermin Lopes — «Barselona» yarimhimoyachisi, «Olimpiakos»ga (6:1) qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, hozirda Chempionlar ligasi turnir jadvalida «PSJ» 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Bavariya», «Inter», «Arsenal» va «Real» hisobida ham shuncha ochko mavjud va jamoalar mos ravishda 2—5-o‘rinlarni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting