locale OZ

YChL. Hafta eng yaxshi o'yinchisi nomiga da'vogarlar e'lon qilindi

G'olib UEFA rasmiy saytida muxlislar ovozi orqali aniqlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlar ligasi. Haftaning eng yaxshi o'yinchisi nomiga da'vogarlar e'lon qilindi
ФОТО: Getty images

Ushbu hafta Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. UEFA hafta eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogar to'rt nafar futbolchini e'lon qildi.

Nomzodlar quyidagilar:

Markus Reshford («Barselona»)
Dushan Vlahovich («Yuventus»)
Markus Tyuram («Inter»)
Franshisku Trinkan («Sporting»)

Reshfordning dublisi «Barselona»ga «Nyukasl» ustidan (2:1) g'alaba qozonishda yordam berdi.

Vlahovichning ikki goli va bir assisti «Yuventus»ga Dortmundning «Borussiya»si bilan (4:4) durang o'ynash imkonini berdi. Tyuramning ikki to'pi «Inter»ga «Ayaks»ni (2:0) mag'lub etishga sabab bo'ldi, Trinkan esa «Qayrat»ga qarshi bahsda (4:1) ikki marta gol urdi.

G'olib UEFA rasmiy saytida muxlislar ovozi orqali aniqlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting