locale OZ

YChL. Dramatik kechgan bahsda «Bavariya» «Real»ni turnirdan chiqarib yubordi

Uchrashuvda tomonlar jami yettita gol kiritishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. Dramatik kechgan bahsda «Bavariya» «Real»ni turnirdan chiqarib yubordi
FOTO: Getty Images

Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvi doirasida Myunxenning «Bavariya» va Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Uchrashuv myunxenliklarning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Real» yarimhimoyachisi Arda Gyuler uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyerning xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Mezbonlar vakili Aleksandr Pavlovich 6-daqiqada muvozanatni tikladi. Gyuler 29-daqiqada jarima zarbasidan unumli foydalanib, mehmonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn esa 38-daqiqada hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Kilian Mbappe 42-daqiqada madridliklarning uchinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limning 86-daqiqasida «qaymoqranglilar» yarimhimoyachisi Eduardu Kamavinga maydondan chetlatildi. 89-daqiqada Luis Dias hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv so‘ngida, 90+4-daqiqada Maykl Olise g‘alaba golini kiritdi.

Dastlabki uchrashuvda ham «Bavariya» «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Shu tariqa, myunxenliklar Chempionlar Ligasining yarimfinaliga yo‘llanma oldi va bu bosqichda «PSJ» bilan to‘qnash keladigan bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, 1/8 final bosqichida madridliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Manchester Siti»ni 5:1 hisobida mag‘lub etishgan. Myunxenliklar esa xuddi shu bosqichda «Atalanta»ni umumiy 10:2 hisobida tormor keltirishgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting