locale OZ

YChL. Dastlabki oʻyinda 3:0 hisobida yutqazgan «Sporting» javob bahsida «Budyo-Glimt»ni 5:0 hisobida magʻlub etdi

Uchrashuv ekstra-taymlarga qadar davom etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. Dastlabki oʻyinda 3:0 hisobida yutqazgan «Sporting» javob bahsida «Budyo-Glimt»ni 5:0 hisobida magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Portugaliyaning «Sporting» hamda Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Lissabondagi «Joze Alvalade» stadionida kechgan bahsda mezbonlar 5:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida Gonsalu Inasiu hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqada Pedru Gonsalves oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 79-daqiqaga kelib Luis Suares penaltini aniq amalga oshirdi va hisob 3:0 ko‘rinishiga keldi.

Birinchi o‘yinda «Budyo-Glimt» jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozongani sababli, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra muvozanat tiklandi va bahs qo‘shimcha bo‘limlarga ko‘chdi. Ekstra-taymlarning 92-daqiqasida Maksimiliano Arauxo to‘rtinchi golni urgan bo‘lsa, uchrashuvning so‘nggi daqiqasida (120+1) Rafael Nel yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, «Budyo-Glimt» pley-off bosqichida «Inter»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:2 hisobida mag‘lub etgan edi. «Sporting» esa musobaqaning umumiy bosqichida 16 ochko jamg‘arib, yettinchi o‘rinni egallagan.

Joriy mavsumdagi Chempionlar Ligasining hal qiluvchi final uchrashuvi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting