locale OZ

YChL chorak finali oldidan g‘alati voqea: Yalang‘och erkak «Real» avtobusi yo‘lini to‘sishga urindi

Hozircha ushbu xatti-harakatning aniq sabablari maʼlum qilinmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL chorak finali oldidan g‘alati voqea: Yalang‘och erkak «Real» avtobusi yo‘lini to‘sishga urindi
FOTO: Getty Images

Chempionlar Ligasining chorak finali doirasidagi «Real Madrid» va «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan kutilmagan hodisa yuz berdi. Madrid klubi avtobusi harakatlanayotgan yo‘lga butunlay yalang‘och holatdagi erkak yugurib chiqdi.

Hozircha ushbu xatti-harakatning aniq sabablari ma’lum qilinmagan, biroq erkakning tanasiga qandaydir ramziy belgilar chizilgani kuzatilgan. Voqea joyidagi politsiya xodimi uni tepib toxtatishga urindi, ammo maqsadiga erisha olmadi.

Shundan so‘ng erkak qo‘lidagi bayroqni yoyishga harakat qilib, yo‘lida davom etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavha aynan shu joyda uzilib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» va «Bavariya» o‘rtasidagi chorak finalning dastlabki bahsi Madridning «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvi esa 15 aprel kuni Myunxen shahridagi «Alyans Arena»da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting