YChL. «Chelsi» «PSJ»dan tarsaki yedi, «Budyo-Glimt»da ham yirik gʻalaba
UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining 11 mart kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvlari yakunlandi. Turnirning ushbu bosqichi doirasida quyidagi natijalar qayd etildi:
«Bayer» (Germaniya) va «Arsenal» (Angliya) jamoalari o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. «PSJ» o‘z maydonida «Chelsi»ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritib, 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi esa «Sporting» ustidan 3:0 hisobida ustun keldi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvlari 17 mart, seshanba kuniga belgilangan.
Joriy mavsumning final uchrashuvi 2026 yilning 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi «PSJ» klubi hisoblanadi. Parijliklar o‘tgan yilgi final bahsida «Inter» jamoasini mag‘lub etgan holda chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan edi.