YChL. Bugun «PSJ» oʻz maydonida «Bavariya»ni qabul qiladi
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
FOTO: Getty Images
Bugun, 28 aprel kuni UEFA Chempionlar Ligasining 1/2 final bosqichiga start beriladi. Yarimfinalning ilk kunida bitta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
«PSJ» — «Bavariya» | 00:00
Musobaqaning chorak finalida «Pari Sen-Jermen» Angliyaning «Liverpul» jamoasini musobaqadan chiqarib yuborgan bo‘lsa, «Bavariya» Madridning «Real» klubidan ustun kelib, yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumning final bahsi Vengriya poytaxti Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi o‘yin 2026 yilning 30 mayiga belgilangan.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist