locale OZ

YChL. «Budyo-Glimt» oʻz maydonida «Inter»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi

Jamoalar oʻrtasidagi javob oʻyini 24 fevral kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «Budyo-Glimt» oʻz maydonida «Inter»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Yevropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi dastlabki uchrashuvida Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasi o‘z maydonida «Inter»ni qabul qildi. Budyodagi «Aspmyura» stadionida o‘tgan bahs mezbonlarning 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 21-daqiqasida Sondre Brunstad hisobni ochib, norvegiyaliklarni oldinga olib chiqdi. 30-daqiqaga kelib, «Inter» hujumchisi Franchesko Espozito javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq ikkinchi bo‘limda mezbonlar bosimni oshirishdi: 61-daqiqada Yens Petter Xyauge jamoasining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Kasper Xyog hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 24 fevral kuni Milandagi mashhur «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra, «Budyo-Glimt» 9 ochko bilan 23-o‘rinni, «Inter» esa 15 ochko bilan 10-pog‘onani egallagan edi.

Chempionlar Ligasi. Pley-off

«Budyo-Glimt» — «Inter» 3:1

Gollar: Brunstad (21), Xyauge (61), Xyog (64) — Espozito (30).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting