YChL. «Borussiya D» o'z maydonida «Budyo Glimt» bilan durang oʻynadi
Germaniyaning Dortmund shahridagi «Dortmund» stadionida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-tur bahsi bo‘lib o‘tdi. «Borussiya D» va «Bude-Glimt» o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida «Borussiya» yarimhimoyachisi Yulian Brandt hisobni ochdi. 42-daqiqada mehmonlar himoyachisi Haytam Alisami javob golini kiritib, natijani tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Brandt dublni rasmiylashtirib, dortmundliklarni yana oldinga olib chiqdi. Biroq 75-daqiqada «Budyo-Glimt» hujumchisi Jens Petter Hyoge katta sahnaga chiqib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga qaytardi.
Keyingi turda «Borussiya» 20 yanvar kuni safarda «Tottenhem»ga qarshi maydonga tushadi. «Budyo Glimt» esa o‘z uyida «Manchester Siti»ni qabul qiladi.
YChL. 6-tur
«Borussiya D» — «Budyo Glimt» 2:2
Gollar: Brandt (18, 51) — Alisami (42), Hyoge (75).