locale OZ

YChL. «Bavariya» oʻz maydonida «Sporting»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi

Chempionlar ligasining 6-tur oʻyinlari start oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «Bavariya» oʻz maydonida «Sporting»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turidan oʻrin olgan «Bavariya» va «Sporting» oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtdi va unda myunxenliklar 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab Yozua Kimmix 54-daqiqada avtogol muallifiga aylandi va mehmonlarni oldinga chiqardi. 65-daqiqada Serj Gnabri muvozanatni tikladi.

Oradan 4 daqiqada oʻtib Lenart Karl hisobni 2:1 koʻrinishiga olib keldi. 77-daqiqada esa Jonatan Ta uchrashuvga mantiqiy nuqta qoʻydi.

Shu tariqa, «Bavariya» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 15 taga yetkazib oldi va jadvalda ikkinchi oʻrinda bormoqda. «Sporting» esa 10 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.

YChL. 6-tur

«Bavariya» — «Sporting» 3:1

Gollar: Gnabri (65), Karl (69), Ta (77) — Kimmix (avtogoy, 54).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting