YChL. «Bavariya» Diasning dubli evaziga safarda «PSJ»dan ustun keldi
UEFA Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 4-turidan oʻrin olgan bahsda «Bavariya» safarda «PSJ» mehmoni boʻldi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab Luis Dias 4-daqiqada tezkor gol kiritdi. 32-daqiqada esa uning oʻzi dublni rasmiylashtirdi. 74-daqiqada Joau Nevesh parijliklarning yagona javob to'piga mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Bavariya» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 12 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni qoʻlga oldi. «PSJ» esa 9 ochko bilan 3-oʻrinda bormoqda.
YChL. 4-tur
«PSJ» — «Bavariya» 1:2
Gollar: Nevesh (74) — Dias (4, 32).
PSJ — Shevale, Hakimi (Mayulu, 45+7), Markinos, Pacho, Nunu Mendesh, Zair-Emeri, Fabian Ruis (Nevesh, 66), Vitinya, Barkolya (Ramush, 66), Xvicha, Dembele (Li Kang In, 25).
Bavariya — Noyer, Upamekano, Ta, Kimmix, Gnabri (Bishof, 46), Olise, Pavlovich, Stanishich, Laymer, Dias, Keyn (Goretska, 88).