locale OZ

YChL. «Bavariya» chorak finalning dastlabki oʻyinida «Real»ni magʻlub etdi

Tomonlar oʻrtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «Bavariya» chorak finalning dastlabki oʻyinida «Real»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining chorak final bosqichi doirasida Madridning «Real» hamda Myunxenning «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv yakuniga yetdi. Madridda, «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinni angliyalik hakam Maykl Oliver boshqarib bordi. Uchrashuvning 41-daqiqasida Luis Dias hisobni ochib, myunxenliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim startida, aniqrog‘i 46-daqiqada, jarohatidan forig‘ bo‘lib safga qaytgan Harri Keyn oradagi farqni ikkitaga oshirdi.

«Qaymoqranglilar»ning javob goli 74-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan kiritildi, biroq bu madridliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolish uchun yetarli bo‘lmadi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 15 aprel kuni Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» ushbu bosqichga chiqish yo‘lida 1/8 finalda «Manchester Siti»ni umumiy 5:1 hisobida dog‘da qoldirgan edi. «Bavariya» esa o‘z navbatida Italiyaning «Atalanta» jamoasini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 10:2 hisobida taslim etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting