locale OZ

YChL. «Bavariya» «Atalanta»ni yana bir bor mag‘lub etib, chorak finalga yo‘llanma oldi

Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «Bavariya» «Atalanta»ni yana bir bor mag‘lub etib, chorak finalga yo‘llanma oldi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida Germaniyaning «Bavariya» va Italiyaning «Atalanta» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi yakunlandi. Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 4:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinning 25-daqiqasida myunxenliklar hujumchisi Harri Keyn hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida Keyn dubl qayd etib, jamoasining ustunligini mustahkamladi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, yarim himoyachi Lenart Karl «Atalanta» darvozasiga uchinchi golni kiritdi. 70-daqiqada esa Luis Dias hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi — 4:0. Mehmonlar safida Lazar Samarjich 85-daqiqada gol urib, hisobni biroz qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda ham «Bavariya» 6:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, Germaniya grandi umumiy 10:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi.

«Bavariya» umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra 21 ochko bilan 2-o‘rinni egallab, ushbu bosqichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan edi. «Atalanta» esa pley-offning o‘tish bosqichida Dortmundning «Borussiya» jamoasini (umumiy hisob 4:3) mag‘lub etib, 1/8 finalga yetib kelgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting