locale OZ

YChL. «Barselona» o‘z maydonida «Nyukasl»ni tor-mor etib, chorak finalga yo‘llanma oldi

Kataloniyaliklar ikki oʻyin natijasiga koʻra 8:3 hisobida gʻalaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «Barselona» o‘z maydonida «Nyukasl»ni tor-mor etib, chorak finalga yo‘llanma oldi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida Ispaniyaning «Barselona» va Angliyaning «Nyukasl» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi yakunlandi. «Kamp Nou» stadionida kechgan bahs kataloniyaliklarning 7:2 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinning birinchi bo‘limi ancha shiddatli kechdi. Hisobni 6-daqiqada mezbonlar hujumchisi Rafinya ochgan bo‘lsa, 15-daqiqada mehmonlar vakili Entoni Elanga muvozanatni tikladi. Oradan uch daqiqa o‘tib Mark Bernal «Barselona»ni yana oldinga olib chiqdi, biroq 28-daqiqada Elanga dubl qayd etib, hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Lamin Yamal penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa maydonda to‘liq «Barselona» ustunligi kuzatildi:

  • 52-daqiqada Fermin Lopes to‘rtinchi golni urdi.
  • 56 va 61-daqiqalarda Robert Levandovski dubl qayd etib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
  • 72-daqiqada Rafinya o‘zining ikkinchi golini urib, yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida «Barselona» darvozaboni Joan Garsiya jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi va uning o‘rniga Voysex Shensni o‘yinga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi birinchi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Shu tariqa, Xans-Diter Flik shogirdlari umumiy 8:3 hisobida g‘alaba qozonib, Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l oldilar. Kataloniyaliklar umumiy bosqich yakunida 16 ochko bilan 5-o‘rinni egallab, ushbu bosqichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan edilar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting