locale OZ

YChL. «Barselona» ayollar jamoasi «Bavariya»ni magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi

Ushbu bosqichda kataloniyaliklarga «Lion» raqiblik qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «Barselona» ayollar jamoasi «Bavariya»ni magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi
FOTO: Getty Images

Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasining yarimfinal javob uchrashuvi yakunlandi. Barselonadagi «Spotifay Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «Barselona» va «Bavariya» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Qiziqarli kechgan uchrashuv kataloniyaliklarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda hisobni 13-daqiqada «ko‘k-anorranglilar» hujumchisi Salma Paralyuelo ochdi. Mehmonlar bunga 17-daqiqada Linda Dallmanning goli bilan javob qaytarib, muvozanatni tiklashdi. Biroq 22-daqiqada Aleksiya Putelyas «Barselona»ni yana oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida hujumchi Eva Payor mezbonlarning ustunligini oshirgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Putelyas dublni rasmiylashtirdi. «Bavariya»ning ikkinchi goliga 71-daqiqada Pernille Xarder mualliflik qildi.

Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan edi. Shu tariqa, Ispaniya klubi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi ligasi finalida «Barselona» «Lion» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting