locale OZ

YChL. «Arsenal» safarda «Bryugge»ni yirik hisobda magʻlub etdi

Chempionlar Ligasining 6-tur oʻyinlari davom ettirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «Arsenal» safarda «Bryugge»ni yirik hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Belgiyaning Bryugge shahridagi «Jan Breydel» stadionida Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. «Bryugge» va «Arsenal» o‘rtasidagi bahsda londonliklar yirik — 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mehmonlarning birinchi goli 25-daqiqada qayd etildi — Noni Madueke hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan, 47-daqiqada u dublni rasmiylashtirdi. 56-daqiqada esa Gabriel Martinelli to‘pni darvozaga joylab, «Arsenal»ning ishonchli ustunligini ta’minladi.

Uchrashuvdan so‘ng «Bryugge» 4 ochko bilan umumiy jadvalda 31-o‘rinda qoldi. «Arsenal» esa 18 ochko jamg‘argan holda peshqadamlikni mustahkamlab turibdi.

Keyingi turda «Bryugge» 20 yanvar kuni safarda «Qayrat»ga qarshi maydonga tushadi. «Arsenal» ham 20 yanvar kuni safarda «Inter» bilan to‘qnash keladi.

YChL. 6-tur

«Bryugge» — «Arsenal» 0:3

Gollar: Madueke (25, 47), Martinelli (56).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting