YChL. «Arsenal» oʻz maydonida «Bayer»ni ishonchli hisobda magʻlub etib, keyingi bosqichga chiqdi
UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasidagi Londonning «Arsenal» hamda Germaniyaning «Bayer» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi yakunlandi. Londondagi «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida «kanonirlar» vingeri Eberechi Eze jarima maydonchasi tashqarisidan burilib yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochdi. 63-daqiqaga kelib esa yarimhimoyachi Deklan Rays jamoasining ikkinchi golini urib, oradagi farqni oshirdi.
Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (3:1) «Arsenal» chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Leverkuzenning «Bayer» jamoasi esa ushbu bosqichda musobaqadagi ishtirokini yakunladi.