YChL. «Arsenal» ikki oʻyin natijasiga koʻra «Sporting»ni magʻlub etib, yarimfinalga yoʻl oldi
Londonliklar ushbu bosqichda «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.
FOTO: Getty Images
Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvi doirasida Londonning «Arsenal» va Lissabonning «Sporting» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi.
Mazkur o‘yinda 0:0 hisobi qayd etildi, dastlabki uchrashuvda esa Angliya jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Uchrashuv Londondagi «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Shu tariqa, UEFA Chempionlar Ligasining yarimfinalida «Arsenal» jamoasi «Atletiko» bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Musobaqaning joriy mavsumdagi final bahsi Budapeshtdagi (Vengriya) «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Turnirning hal qiluvchi o‘yini 2026 yil 30 mayga belgilangan. Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist