locale OZ

YChL. «Arsenal» 90+1-daqiqada urilgan gol evaziga «Sporting»dan ustun keldi

Tomonlar oʻrtasidagi javob oʻyini 15 aprel kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «Arsenal» 90+1-daqiqada urilgan gol evaziga «Sporting»dan ustun keldi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining chorak final bosqichi doirasida Lissabonning «Sporting» hamda Londonning «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Lissabondagi «Joze Alvalade» stadionida kechgan bahsda mehmonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinni germaniyalik hakam Daniel Zibert boshqarib bordi. Uchrashuvning 64-daqiqasida «Arsenal» yarimhimoyachisi Martin Subimendi hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan edi, biroq ushbu gol ofsayd sababli bekor qilindi. O‘yin taqdirini hal qilgan yagona gol hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda (90+1-daqiqa) kiritildi — hujumchi Kay Haverts «kanonirlar»ga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 15 aprel kuni Londondagi «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, «Sporting» 1/8 final bosqichida «Budyo-Glimt» to‘sig‘idan o‘tgan (0:3, 5:0) edi. «Arsenal» esa yarim final yo‘lida Leverkuzenning «Bayer» jamoasini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan (1:1, 2:0).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting