YChL. «Arsenal» 89-daqiqada urilgan gol evaziga «Bayer» bilan durang oʻynadi
UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasidan oʻrin olgan «Bayer» va «Arsenal» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Leverkuzen shahridagi «BayArena» stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 46-daqiqasida «Bayer» yarimhimoyachisi Robert Andrix hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuvning 89-daqiqasida «kanonirlar» hujumchisi Kay Havertz 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi joriy yilning 17 mart kuni Londondagi «Emireyts» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Bayer» pley-off bosqichiga qadar «Olimpiakos» klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. «Arsenal» esa Chempionlar Ligasining umumiy bosqichini 24 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunlagan edi.
YChL. 1/8 final
«Bayer» — «Arsenal» 1:1
Gollar: Andrix (46) — Havertz (pen. 89).