locale OZ

Yaypan Fergana: 2026 mavsum oldi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Tadbirni tuman hokimi Ravshanbek Begmatov ochib berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yaypan Fergana: 2026 mavsum oldi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Фото: Яйпан ФК

O‘zbekiston tumani Madaniyat markazida “Yaypan Fergana” jamoamizning rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tuman hokimi Ravshanbek Begmatov ochib berdi. Shuningdek, tuman bosh prokurori Obidjon Sobirov jamoamizga Proliga bahslarida omad tiladi.

Klub rahbari Abduvahob Ahmadaliyev amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Bosh murabbiy Rashidjon G‘afurov jamoamiz mavsumga tayyor ekanligini ta’kidladi. Futbolchilar nomidan Mirjalol Abdumutalov yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Taqdimotning ikkinchi qismida jamoamizning yangi liboslari namoyish etildi: uy uchrashuvlarida ko‘k, safarda esa sariq libosda maydonga tushamiz. Shuningdek, futbolchilar va ularning raqamlari muxlislarga tanishtirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting