Yaya Toure «Slovan» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
Bu haqda Futbalové Zákulisie manbasi xabar bermoqda.
ФОТО: Getty images
Sobiq futbolchi Yaya Toure Slovakiyaning “Slovan” jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Futbalové Zákulisie manbasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, klub murabbiylik lavozimi uchun bir nechta nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Igor Bishchan bor.
Avvalroq Toure “Tottenhem” akademiyasida ishlagan, shuningdek, Belgiya “Standard” klubi va Saudiya Arabistoni terma jamoasida murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.
2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, “Slovan” Slovakiya chempioniga aylandi. Jamoa Chexoslovakiya davrini ham qo‘shib hisoblaganda, umumiy hisobda 27 karra mamlakat chempioni hisoblanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist