locale OZ

Yaya Sitxole JCh-2026'da ilk qizil kartochkani olgan futbolchiga aylandi

Hozirda Meksika JARni ishonchli hisobda magʻlub etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yaya Sitxole JCh-2026'da ilk qizil kartochkani olgan futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) terma jamoasi yarimhimoyachisi Yaya Sitxole Meksikaga qarshi kechayotgan JCh-2026ning ochilish uchrashuvida, oʻyinning 49-daqiqasida qizil kartochka oldi. Natijada u joriy Jahon chempionatida maydondan chetlatilgan ilk futbolchiga aylandi.

Meksika va JAR terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin «A» guruhidan oʻrin olgan. Ushbu guruhning 2-turida Meksika milliy jamoasi 19-iyun kuni Janubiy Koreya bilan toʻqnash kelsa, 3-turda (25-iyun) Chexiyaga qarshi maydonga tushadi. JAR esa 2-turda Chexiya bilan (18-iyun), 3-turda esa Janubiy Koreya bilan (25-iyun) kuch sinashadi.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Eslatib oʻtamiz, amaldagi dunyo chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yilgi sayyora birinchiligi finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan toʻqnash kelgan edi. Oʻshanda oʻyinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, ammo penaltilar seriyasida argentinaliklar raqibdan ustun kelishgan edi (4:2).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting